AXEA

28 dekabr 2020 / 00:00 23

Atom Energiyasi bo`yicha Xalqaro Agentlik (AEXA) BMT tizimining xalqaro tashkiloti sifatida tanilgan, "Atom tinchlik va taraqqiyot uchun" shiori ostida hamda yadro sohasida xalqaro hamkorlik markazi sifatida faoliyat yuritadi. Agentlik a`zo davlatlar va butun dunyodagi ko`plab sheriklar bilan yadro texnologiyalaridan xavfsiz va tichlik maqsadida foydalanishni qo`llab-quvvatlaydi.

AXEAning boshqaruv organi agentlikning dasturi va byudjeti borasida tegishli qarorlarni qabul qiladilar. Bular qatorida barcha a`zo davlatlar va 35 kishilik boshqaruvchilar kengashidan iborat bosh konferentsiya kiradi. Odatda bosh konferentsiya har yili sentabr oyida AXEAning Vena shahridagi agentlik qarorgohida bo`lib o`tadi. Kengash esa yiliga besh marta Vena shahrida yig`iladi.

AXEAning siyosiy faoliyati 35 ta davlat a`zolari kengashi tomonidan boshqariladi.

Kotibiyat agentlik faoliyatini amalga oshiradi. 2020 yildan buyon AXEAning bosh direktori argentinalik Rafael MAriano Grossi hisoblanadi.