Leningrad AES ida ish boshlagan aqlli qurilma 21.01.2021 Leningrad AES ida ish boshlagan aqlli qurilma

Yangi O'zbekiston - yangicha dunyoqarash 13.01.2021 Yangi O'zbekiston - yangicha dunyoqarash

O`zbekiston Qozog`iston bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi 07.01.2021 O`zbekiston Qozog`iston bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

2020 yil 5 fevralda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Qozog`iston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M.Mirzagaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.


22.12.2020 Muzokaralar davom etmoqda

Shu kunlarda ayrim elektron ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va elektron ommaviy axborot vositalari orqali Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi V.L. Tyurdenev tomonidan O'zbekiston Respublikasida atom elektr stantsiyasini qurish uchun shartnoma bo'yicha bergan izohi jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'lmoqda. “O'zatom” agentligi O'zbekiston Respublikasida sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi ob'ektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo'yicha bitimlar va shartnomalar tuzish vakolatiga ega davlat organi hisoblanishini e'tiborga olgan holda quyidagilarni ma'lum qilamiz.

«O'zatom» agentligida MAGATE INIR- missiyasi mutaxassislari bilan videokonferentsiya aloqa muloqoti bo'lib o'tmoqda 10.11.2020 «O'zatom» agentligida MAGATE INIR- missiyasi mutaxassislari bilan videokonferentsiya aloqa muloqoti bo'lib o'tmoqda

Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan o'zaro o'rnatilayotgan hamkorlik bu birinchi o'rinda, atom energetikasi rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasini o'rganish va tadbiq qilishdan iboratdir. Bu kabi o'rganishlarda MAGATEning keng imkoniyatlaridan foydalanib 2021 yilning birinchi yarim yilligida O'zbekiston Respublikasining yadro infratuzulmasini o'rganish bo'yicha MAGATE INIR-missiyasi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu missiyaga oid hisobot MAGATEga kiritilgan bo'lib, ushbu hisobot MAGATE ekspertlari tomonidan ko'rib chiqildi va tegishli taklif va mulohazalar berildi. O'zbekiston Respublikasi nomidan kiritilgan o'z-o'zini baholash hisobotini muhokama qilish va tegishli takliflarni berish maqsadaida MAGATE bilan kelishuvlarga asosan 9-12 noyabr kunlari INIR-oldi missiyasi (pre-INIR mission) videokonferents aloqa tarzida o'tkazilmoqda. Ushbu missiyada Respublikamizning 20 dan ortiq vazirlik va idoralaridan 40 dan ortiq mutahassislar qatnashmoqdalar.

05.11.2020 "Xalq so'zi" gazetasining rasmiy saytida e'lon qilingan "Jo'rabek Mirzamahmudov “O'zatom” agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi" maqolasiga raddiya.

"Xalq so'zi" gazetasining rasmiy saytida e'lon qilingan "Jo'rabek Mirzamahmudov “O'zatom” agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi" maqolasiga raddiya.
 Bugun «Xalq so'zi» gazetasining rasmiy sayti va bir qancha rasmiy axborot kanallarida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Jo'rabek Mirzamahmudovning “O'zatom” agentligi direktori lavozimidan ozod qilingani to'g'risida yanglish va bir tomonlama ma'lumotlar tarqatildi.

Anglashuv memorandumi imzolandi 22.09.2020 Anglashuv memorandumi imzolandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o'rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” gi PQ-3958-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 21 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O'zatom”) va Hindiston Respublikasi Xukumati Atom energiyasi Departamenti qoshidagi Yadro energiyasi bo'yicha Global hamkorlik markazi (GCNEP) o'rtasida atom energetikasi yo'nalishida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Yadro energetikasi – taraqqiyot uchun muhim kafolat 10.09.2020 Yadro energetikasi – taraqqiyot uchun muhim kafolat

Ushbu tadbirda Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik bosh direktori (MAGATE) Rafael Mariano Grossi, Butunjahon yadro assotsiatsiyasi bosh direktori Agneta Rizing, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi bo'limi direktori Skott Foster, Polsha Respublikasining atrof-muhit vaziri Mixal Kurtyaka, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Yadro energetikasi agentligining bosh direktori Uilyam Magvud, , O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zatom” agentligi bosh direktori Jo'rabek Mirzamahmudovlar ishtirok etishdi. Forumning barcha ishtirokchilari atom energetikasini ko'llab-kuvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shuningdek, pandemiyadan keyingi tiklanishda yadro texnologiyasining o'rni kanchalik muhim ekanligini aytib o'tdilar.

23.08.2020 «Tashkent vokrug» telegram kanalidagi xabarga rasmiy munosabat

«Tashkent vokrug» telegram kanalidagi xabarga rasmiy munosabat
Bugun «Tashkent vokrug» telegram kanalida Mersedes rusumli RAA 303 davlat raqamli avtomobil yo'l harakati qoidalarini buzib, binoning oldidagi odamlar o'tish yo'lakchasi (trotuar)da turgani, u go'yoki avtomobil haydovchisi so'zlariga ko'ra, “O'zatom” agentligi direktoriga tegishli ekanligi, aniq ma'lumotlar esa yana tekshirilayotgani haqidagi noto'g'ri xabar tarqatildi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, ushbu ma'lumot haqiqatga mutlaqo zid va asoslanmagan bo'lib, agentlik bosh direktorining xizmat avtomobili rusumi MALIBUdir va suratdagi mashina “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatiga tegishlidir.

11.05.2020 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan asossiz ma'lumotlar yuzasidan "O'zatom" agentligining munosabati

“Moskva muhandislik fizikasi instituti” milliy tadqiqot yadro (MIFI) universitetida ta'lim olayotgan o'zbekistonlik talabalar va “O'zatom” agentligi o'rtasida tuzilgan shartnoma yuzasidan telegramm messenjerining ba'zi bir kanallarida tarqayotgan haqiqatga zid ma'lumotlar yuzasidan “O'zatom” agentligi quyidagilarni ma'lum qiladi. O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan qarorga muvofiq 2018/2019 o'quv yilidan boshlab MMFI milliy tadqiqot yadro universitetiga Rossiya Federatsiyasining "Rossotrudnichestvo" agentligi bilan hamkorlikda “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan ajratilgan qabul kvotalariga o'zbekistonlik talabalar saralab olinib, MMFI universitetiga o'qishga qabul qilib kelinmoqdalar (ma'lumotlar bilan quyidagi internet resurslar orqali tanishish mumkin:https://www.gazeta.uz/ru/2018/09/10/mephi/, https://kun.uz/ru/78052938?q=%2Fru%2F78052938, https://t.me/uzatom_info/8, https://t.me/uzatom_info/27, ).Talabalar o'qishga qabul qilingach, ular tomonidan “O'zatom” agentligi rahbariyatidan moddiy qo'llab quvvatlash, o'qishni yakunlaganlaridan so'ng ularni kafolatlangan ish o'rinlariga qabul qilish yuzasidan murojaat bildirilgan. Ushbu murojaat belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga kelishish uchun kiritilgan va taklifga rozilik olingan. Hozirgi kunda ushbu universitetda tahsil olayotgan 145 nafar talabalardan 102 nafari bilan ixtiyoriy ravishda 4 tomonlama shartnomalar imzolangan. Ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq talabalarning Rossiya Federatsiyasida tahsil olishlari uchun har oylik moddiy qo'llab-quvvatlash, yilda bir marotaba Moskva shahriga borish va qaytish yo'nalishlari bo'yicha aviachiptalar va yillik tibbiy sug'urta xarid qilish, qulay sharoitga ega yotoqxonalarda turish mablag'larini qoplab berish, shuningdek o'qishni yakunlab, mamlakatga “O'zatom” agentligi tizimida kamida 5 yil ishlab berish nazarda tutilgan.
Joriy yilning yanvar oyida talabalarning o'qishni yakunlab mamlakatga qaytib kelish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida tasdiqlangan shartnomaga qo'shimcha ravishda ishlab chiqilgan kelishuvni imzolash yuzasidan “O'zatom” agentligi rahbariyati MIFI universiteti talabalari bilan video-uchrashuv o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda shartnomaning qo'shimcha kelushuvida keltirilgan shartlar yuzasidan to'g'ridan-to'g'ri izoh va tushuntirishlar berildi hamda shartlar mazmun mohiyati puxta ochib berilishi natijasida barcha talabalar bilan qo'shimcha kelishuvlar imzolandi. Shartnoma tomonlari bo'lmish talaba, uning kafili, MIFI universiteti va “O'zatom” agentligi o'rtasida imzolangan barcha shartnomalar va ularning kelishuvlari nafaqat “O'zatom” agentligi, balki MIFI universitetining yuridik ekspertizasidan o'tkazilgan. Hozirda, MIFI universitetida tahsil olayotgan va shartnomaviy munosabatlarga ega 94 nafar talabalar belgilangan tartibda “O'zatom” agentligi tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek MIFI universitetida tahsil olayotgan talabalarning rasmiy munosabatini (ilova qilinmoqda) inobatga olib, ommaviy axborot vositalaridan, blogerlardan professional faoliyatlarini amalga oshirishda, barcha ma'lumotlarni oxirigacha o'rganib chiqqandan so'nggina, faqatgina faktlarga asoslangan holda xolis, foydali va haqiqiy ma'lumotlarni tarqatishlarini iltimos qilib qolamiz. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bu masala yuzasidan tarqatilayotgan xabarlar asossiz ekanligini bildiramiz.



03.04.2020 Karantin va xayriya: O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi talabalarga ko'mak bermoqda.

Ayni damda aholi o'rtasida COVID-19 infektsiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Xususan, aynan shu maqsadda barcha oliy ta'lim muassasalarida talabalar masofaviy o'qish tizimiga o'tkazilganlar. Rossiyaning barcha oliy ta'lim muassasalarida ham xuddi shu kabi holat kuzatilmoqda. Aytish kerakki, hozir yuzaga kelgan og'ir sharoitga qaramay O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi xodimlari barcha yurtdosh-talabalarimiz holidan xabar olib, ularning sharoitlari bilan ham tanishib turibdilar. 1 aprel kuni Moskva muhandislik fizikasi instituti milliy tadqiqot yadro universiteti bazasida tahsil olayotgan va ayni damda ta'lim dargohlari yotoqxonalaridan masofaviy o'quv tizimiga o'tkazilgan karantin sharoitidagi talabalarimiz elchixona hamda Rossiyada yashayotgan vatandoshlarimiz tomonidan tayyorlangan xayriya oshi va birinchi o'rinda kerak bo'ladigan boshqa mahsulotlar bilan ta'minlandilar.
Hukumatimiz tomonidan xorijda tahsil olayotgan talabalarimizga ko'rsatilayotgan bu kabi e'tibor, karantinda bo'lgan yurtdoshlarimiz xavfsizlikda ekanliklarini yana bir bor isbotlaydi.

Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi 11.03.2020 Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Atom energetikasini rivojlantirish agentligida (“Uzatom” agentligi) bugun 11 mart kuni Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Koreys tomoni O'zbekiston Respublikasida atom energiyasini tinchlik yo'lida rivojlantirish, shuningdek bu sohada qonunchilikni yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadilar. Uchrashuv chog'ida 2019 yilning oktyabrida O'zbekiston delegatsiyasining Koreyaga qilgan tashrifi yakunida erishilgan ikki yoqlama kelishuvlar hamda Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik o'rnatishga tegishli masalalar muhokama qilindi. Suhbat davomida atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilish hamda Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.

“O'ZATOM” DELEGATSIYASI HINDISTON ATOM ENERGETIKASI OB'YEKTLARIGA TAShRIF BUYuRDI 18.02.2020 “O'ZATOM” DELEGATSIYASI HINDISTON ATOM ENERGETIKASI OB'YEKTLARIGA TAShRIF BUYuRDI

Mazkur tashrif Atom energetikasi bo'yicha departament kotibi – Hindiston atom energetikasi bo'yicha komissiya raisi Shri Vyas bilan o'tkazilgan muzokaralar doirasida amalga oshirildi. Uchrashuvlar davomida Hindiston tomoni O'zbekiston bilan atom energetikasini tinch maqsadlarda rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi. Safar davomida Hindiston hukumati huzuridagi Atom energiyasini rivojlantirish departamenti tizimiga kiruvchi tizimlar rahbariyati va vakillari bilan atom energetikasi bo'yicha turli yo'nalishlarda, jumladan, kadrlar tayyorlash, O'zbekistonda AES qurilishi va loyihalashtirish ishlari bo'yicha maslahat xizmatlari ko'rsatish hamda yadro tibbiyotini rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish borasida takliflar bildirildi. Hindiston tomoni O'zbekiston Respublikasida milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ham ma'lum qildi.

O'ZBEKISTON DYELEGATSIYASI MAGATEning VENADAGI ANJUMANIDA IShTIROK ETMOQDA 10.02.2020 O'ZBEKISTON DYELEGATSIYASI MAGATEning VENADAGI ANJUMANIDA IShTIROK ETMOQDA

O'zbekiston delegatsiyasi MAGATE tomonidan 2020 yilning 10-14 fevral tashkilotning Agentlikning Venadagi bosh qarorgohida o'tkazilayotgan Fizikaviy Jismoniy yadroviy xavfsizlik bo'yicha xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.

"O`zatom" agentligida Frantsiya Respublikasi Elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib  o`tdi 23.01.2020 "O`zatom" agentligida Frantsiya Respublikasi Elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2020 yil 17yanvarda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzurodagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligida Frantsiyaning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Izabel Servoz-Galluchchi rahbarligida Frantsiya elchixonasi delegatsiyasi va Rossiya Federatsiyasidagi Frantsiya elchixonasining Atom energiyasi bo`yicha mintaqaviy maslahatchisi hamda O`zbekistondagi vakili Aleksandr Gorbachev bilan Frantsiya Respublikasi elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.


20.01.2020 "ЎЗАТОМ" АГЕНТЛИГИНИНГ РАСМИЙ ХАБАРНОМАСИ

"O`zatom" agentligining rasmiy xabarnomasi
2020 yilning 18 yanvarida Toshkent shahardagi Vestminster xalqaro universitetida "O`zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida ochiq muloqot bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Energetika vazirligi va "O`zatom" agentligi vakillari o`z ma`ruzalari  bilan ishtirok etadi.
 Shu bilan birga ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yadroviy texnologiyalarning xavfsizligi masalalari to`g`risidagi prezentatsiyaning konteksti ostidan chiqarib olib noto`g`ri talqin qilish va tarqatish holatlari kuzatilmoqda.


17.12.2019 Atom energetikasi bo`yicha xalqaro agentlik O`zbekiston uchun to`rtta loyihani tasdiqladi
O`zbekistonda atom energiyasidan foydalanishning milliy siyosatini va strategik yo`nalishlarini tayyorlash hamda amalga oshirishga ma`sul bo`lgan "O`zatom" agentligi Xalqaro Atom energiyasi Agentligi (MAGATE) Boshqaruv Kengashi tomonidan to`rtta loyiha tasdiqlanganini e`lon qiladi.