ATAM

АТАМ - Аtom texnologiyalari axborot markazi bo'lib, markazga tashrif buyuruvchilar atom  texnologiyari, atom sanoati korxonalari qanday ishlashi to'g'risida ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni  bilib olishadi.

 Markaz maktab o'quvchilari, ularning ota-onalari, talabalar va o'qituvchilar o'rtasida ilm-fan va innovatsiyalar ommalashtiradi, texnik ta’limni targ'ib qiladi. 

АТАМ turli formatdagi ilmiy-ommabop tadbirlarni - olimlar ma'ruzalarini, onlayn-viktorinalarni, fan festivallarini doimiy ravishda o'tkazib turadi. 

Markaz faoliyati faqat bu bilan chegaralanib qolmay, bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar turli xildagi video-roliklar, fanga bog'liq filmlardan bahramand bo'lishlari uchun imkoniyatlar  mavjud. 

Kelgusida markaz ilmiy yo'nalishda yozuvchi jurnalistlar uchun mahorat darslarini, intellektual o'yinlar bo'yicha chempionatlar, texnik ijod bo'yicha darslar, eksperimental laboratoriyalar hamda ilmiy tok-shoularni o'tkazishni oldiga maqsad qilib olgan.