Toshkent shahridagi «MMFI» Milliy tadqiqot yadro universiteti» filialiga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

08 yanvar 2021 / 09:25 2065
24 avgust, Toshkent shahridagi «MMFI» Milliy tadqiqot yadro universiteti» (MMFI MTYaU) filiali yangi 2020-2021 oʼquv yiliga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.
Toshkentdagi MMFI MTYaU oʼz faoliyatini 2019 yilning 3 sentyabr kuni Oʼzbekistonning kelajakdagi atom elektr stantsiyasiga kadrlar tayyorlash dasturi doirasida birinchi kursga 100 ta talaba qabul qilish bilan boshlagan edi. 
Mazkur yilda karantin talablariga muvofiq holda oʼqishga hujjatlarni qabul qilish masofadan amalga oshirildi. Аbiturintlarning hujjatlari joriy yilning 1 avgustigacha Oliy oʼquv yurtining sayti orqali “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi”, “Elektr energetikasi va elektrotexnika” yunalishlariga bakalavriat mutaxassisliklari boʼyicha qabul amalga oshirildi. Bu yil qabul komissiyasi tomonidan 731 ta abiturient hujjati qabul qilindi.

 Imtihonlar Oʼzbekiston Milliy Universiteti hududida, talabalar shaharchasi maydonida 24 avgustdan 29 avgustgacha boʼlib oʼtadi. Talabalar matematika, fizika va rus tili fanlaridan imtihon topshiradilar. Har bir imtihon yozma ravishda olinib, bilimlar saviyasi 100 ballik mezonda baholanadi. Shu jumladan, har bir imtihonda 40 ballik quyi chegara qoʼyilgan boʼlib, undan past ball olgan abiturientlar keyingi imtihonga qoʼyilmaydi va tanlovda ham qatnashmaydi. Kirish imtihoni natijalari OOʼYu saytida eʼlon qilib boriladi. 
Eng koʼp ball olgan yuz nafar talaba MMFI MTYaU Toshkent shahri filialida davlat granti asosida oʼqishga qabul qilinadi. 
Uzrli sabablarga koʼra imtihonlarning bittasiga kela olmagan abiturient (kirish imtihoniga kela olmaganligining asosli sabablari boʼlganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan holda) zahira kuni (29 avgust) imtihon topshirish imkoniyatiga ega. Zahira kuni faqat bitta imtihon topshiriladi.

MMFI MTYaU Toshkent shahri filiali haqida.
MMFI MTYaU muhandislik-fizika sohasida mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha dunyoning eng salohiyatli universitetlaridan biri hisoblanadi. Dunyoning eng kuchli 100 universiteti qatoridan joy olgan, BRICS universitetlari reytingida 30-oʼrinda, Yevro Osiyo universitetlari reytingi boʼyicha esa 8-oʼrin va talabalarning baholashi boʼyicha Rossiyaning muhandislik Oliy oʼquv yurtlari orasida 1-oʼrinni egallab keladi. MMFI MTYaU Toshkent shahridagi filiali Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 20 iyulь PP-3875 sonli qarori bilan tashkil topgan. 
MMFI MTYaU Toshkent shahri filialida darslar Moskva shahridagi bosh universitetning oʼquv dasturi boʼyicha olib boriladi. Oʼquv jarayoniga Rossiya va Oʼzbekistonning eng malakali professor oʼqituvchilari jalb qilingan. Filial bitiruvchilari Oʼzbekiston Respublikasida tan olingan va respublikaning atom sohasida ish bilan taʼminlanish kafolatini beruvchi MMFI MTYaU namunasidagi oliy taʼlim diplomini oladilar.