Kasaba uyushmasi

“Oʼzatom” agentligi Kasaba uyushmasi Oʼzbekiston Respublikasi eergetika, neftь-gaz, geologiya xodimlari kasaba uyushmasi kengashi aʼzosi boʼlib, oʼzining maqsad va vazifalariga binoan boshqa mamlakat kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilishi, hamda xalqaro kasaba uyushmalari aʼzosi boʼlishi mumkin. Kasaba uyushmasi oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari toʼgʼrisida», «Kasaba uyushmalari, ularning faoliyati huquqlari va kafolatlari toʼgʼrisida» va «Oʼzbekiston Respublikasidagi jamoat birlashmalri toʼgʼrisida»gi qonunlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va Ustavga muvofiq olib boradi.

“Oʼzatom” agentligi kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual huquqi va manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishdan iborat. Kasaba uyushmasi ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun tarmoq kelishuvlari va jamoa shartnomalari tuzish boʼyicha ijtimoiy sheriklik tamoyillarining yoʼlga qoʼyilishiga, jamoaviy muzokaralarni tashkil etilishi, ularning bajarilishi nazoratnini amalga oshirishga, mehnatga haq toʼlash va mehnat shartlarida ijtimoiy-adolatli tizim joriy etilishi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlariga rioya qilinishi, xodimlarga meʼyoriy hujjatlarda koʼzda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarning berilishiga, kasaba uyushmasi aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat, fuqarolik huquq va kasbiy manfaatlarini himoya qilish uchun jamoat yigʼilishlarini tashkil etish, oʼz vakolatlarini amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilishiga, joylarda mehnat muhofazasi va sharoitlari hamda atrof muhit muhofazasi holati ustidan nazoratni amalga oshirishda, ishchi xodimlarning sogʼliqlarini mustahkamlash, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishlari uchun sharoit yaratilishiga, dam olish va sanatoriy-kurortlarda sogʼlomlashtirishning samarali va hammabop boʼlishini taʼminlanish va boshqalar asosiy vazifa qilib belgilangan.

Hozirgi kunga kelib Аgentlik kasaba uyushmasi tomonidan qator tadbirlar uyushtirib kelindi. Turli xil sport musobaqalarida, hususan futbol boʼyicha oʼtkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kubogi 2019 turnirida qatnashildi, Аgentlik hodimlari oʼrtasida stol tennisi, bouling boʼyicha musoboqalar tashkil etildi.

Shu oʼrinda, Kasaba uyushmasi tomonidan muntazam ravishda hodimlarning sogʼliqlariga eʼtibor berish maqsadida respublikada joylashgan turli sogʼlomlashtirish sanatoriyalari, dam olish maskanlari bilan hamkorlik olib borilmoqda. Hodimlar oʼz hoxishlari bilan kerakli boʼlgan sogʼlomlashtirish maskanlarida davolanib, dam olib kelishlariga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bundan tashqari, Navroʼz bayrami (21 mart), halqaro bolalarni ximoya qilish kuni (1 iyunь), Mustaqillik bayrami (31 avgust), Yangi yil (31 dekabrь) kunlari Аgentlik markaziy apparatida hamda Jizzax viloyatining Forish tumanida, tuman hokimligi bilan hamkorlikda turli xil bayram tantanalari amalga oshirib kelinmoqda. Kam taʼminlangan oilalarga turli xildagi sovgʼa va mukofotlar muntazam ravishda berib kelinmoqda.

Аgentlik Kasaba uyushmasining sport va sogʼlomlashtirish masalalari boʼyicha oldida katta maqsad va vazifalar turganini alohida taʼkidlash joiz. Zero, xozirgi kunga kelib Respublika energetika, neftь-gaz va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan birgalikda MDH davlatlari hususan, Rossiya, Belorusь Respublikasi, Ukraina, Estoniya va boshqa qator mamlakatlari bilan Kasaba uyushmalari aloqalarini mustahkamlash va ular oʼrtasida turli sport musobaqalari, vebinarlar, ilmiy tajriba almashish xarakatlari, bolalar uchun sportning baʼzi turlari boʼyicha musobaqalar tashkil qilish ishlari amalga oshirilish pogʼonasida. Rossiyaning “Rosatom” Davlat korporatsiyasi Kasaba uyushmalari kengashi delegatsiyasi bilan 2019 yilning oktyabr oyida tuzilgan hamkorlik shartnomalari bunga isbot boʼla oladi.