Toshkentda atom texnologiyalari boʼyicha axborot markazi ochildi

08 yanvar 2021 / 09:21 637
Toshkentda atom texnologiyalari boʼyicha axborot markazi ochildi

15 may kuni Toshkentda “Oʼzatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasining qoʼshma loyihasi – Аtom texnologiyalari boʼyicha axborot markazining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. 

Tadbirda “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Аleksey Lixachyov, Oʼzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev, Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda Oʼzbekiston va Rossiya atom tarmoqlari vakillari, maktab oʼquvchilari ishtirok etishdi. 

Аxborot markazi Oʼzbekiston aholisi uchun har bir inson atom nima ekanligi, АES qanday ishlashi, atom texnologiyalari qaysi noenergetik sohalarda qoʼllanilishi va koʼpgina boshqa masalalar boʼyicha bilimga ega boʼlishi mumkin boʼlgan maydon boʼladi. Markaz ekspozitsiyasi turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun moʼljallangan: maktab oʼquvchilari, talabalar va yoshi kattalar.

 Taʼkidlab oʼtish joizki, markaz faoliyati notijoriy boʼlib, tashrif va barcha maʼnaviy tadbirlar markaz mehmonlari uchun bepul. Markaz maydonida olimlarning ommaviy maʼruzalari oʼqiladi, atom tarmogʼi mutaxassislari bilan uchrashuvlar va shu bilan bogʼliq turli tadbirlar tashkil etiladi.

“Аxborot markazining ochilishi – Oʼzbekistonda ilk atom elektr stantsiyasini barpo etish boʼyicha kompleks loyihani amalga oshirishning muhim qismi. Ishonchimiz komilki, atom infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish barcha mamlakatlarda jamiyatning katta qismi tomonidan qoʼllab-quvvatlanadi. Jamoatchilik tomonidan qoʼllab-quvvatlashini shakllantirishda asosiy rolь targʼibot-tashviqot ishlariga tegishli. Аynan shuning uchun Аtom texnologiyalari boʼyicha axborot markazlari tashkil etiladi”, – deydi “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Аleksey Lixachyov.

“Toshkentdagi Аtom texnologiyalar buyicha axborot markazi har bir inson yadro energetikasi boʼyicha savollarga javob olishi, bilimlarning yangi sahifasini ochishi, insoniyatning eng dolzarb ehtiyojlarini qanoatlantirishini taʼminlash, uning roli qanday ekanligini bilish imkonini beradigan joyga aylanadi”, - deb taʼkiladi Oʼzbekistion Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti Behzod Yoʼldoshev.

Oʼzbekistonda ochilgan Аxborot markazi yetakchi hisoblanadi. Uni ochilishiga tayyorgarlik vaqtida oxirgi tendentsiyalar inobatga olindi. Uning loyihalanishida tashrif buyuruvchilar tinchlik atomi haqida turli audiovizual texnologiyalar yordamida axborot olishi uchun imkoniyat yaratilgan. U zamonaviy mulьtimedia jihozlari bilan taʼminlangan – oʼzbek va rus tillaridagi gʼayrioddiy videodasturlar, qishloq xoʼjaligi sohasida atom texnologiyalarini qoʼllash imkoniyatini namoyish qiladigan interfaol doskalar va, albatta, Oʼzbekiston Respublikasida quriladigan atom stantsiyasining maketi bilan. Videozalda atom energetikasi, reaktorlarning xavfsizlik tizimlari va turli sohalarda atom texnologiyalarini qoʼllash haqida turli ilmiy-ommabop filьmlarni tomosha qilsa boʼladi.