Putin va Mirziyoyev Oʻzbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi

Putin va Mirziyoyev Oʻzbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi

19 oktabr 2018 / 15:26 172
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin loyihaning amalga oshirilishiga start berishdi.

Bugun, 19 oktyabr kuni Oʻzbekistonda birinchi AES qurilishi loyihasining amalga oshirilishini boshlab berishga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Tadbir boʻlgʻusi atom elektr stantsiyasini qurish uchun maydon tanlashda muhandislik tadqiqotlarining boshlanishini belgilab berdi.

AESning qurilish loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokning qurilishini oʻz ichiga oladi. Mazkur energobloklar 3+ avlodiga tegishli boʻlib, zamonaviy texnologiyalarning ishonchliligini sezilarli darajada oshirgan holda, AEXAning zamonaviy xavfsizlik talablariga toʻla javob beradi.

Tantanali marosim tadqiqot ishlari olib borilayotgan maydonlardan biri va Toshkent oʻrtasida oʻrnatilgan tele koʻprik orqali boʻlib oʻtdi. Telekoʻprik doirasida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin loyihaning amalga oshirilishiga start berishdi.

Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari Alisher Sultonov va “Rosatom” Davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov loyihani amalga oshirishni boshlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgani borasida hududdagi maydondan hisobot berishdi.

Marosimdagi nutqlardan soʻng ikki davlat rahbarlari ramziy tugmani bosish orqali, seysmologiya, geologiya, ekologiya va iqtisodiy jihatdan muvofiqligi oʻrganilgandan soʻng tanlab olingan ustuvor yer maydonlardan biridagi tuproq namunalarini olish uchun burgʻilash ishlariga start berdi.

Stantsiyani 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Atom elektr stantsiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.