Vengriya Oʻzbekistonning atomga oid loyihalarida faol ishtirok etmoqchi
Toshkentda Oʻzbekiston Energetika vazirligi rahbariyatining Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv Vengriya delegatsiyasining Oʻzbekistonga rasmiy safari doirasida boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida Vengriya tomonidan energetika sohasida, xususan, Oʻzbekiston Energetika vazirligi qoshidagi "Oʻzatom" agentligi va Vengriyaning yadro energetikasi sohasidagi MVM Paksi Atomeromu Ltd. ilmiy markazi darajasida atom elektr strantsiyasini qurish va yadro energetikasi sohasida ilmiy almashinuv sohasidagi hamkorlikka tayyor ekanligi maʼlum qilindi.
Vengriyaning ENIOX kompaniyasi tomonidan yirik issiqlik stantsiyalarida, va shu jumladan AES da muvaffaqiyatli qoʻllaniladigan qaytadigan suvlarni sovutishning "quruq" usulidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu kompaniyaning boy tajribasi eng avvalo, suv resurslari boʻyicha muayyan taqchillik mavjud boʻlgan qurgʻoqchil hududlarda foydalanish koʻzda tutilmoqda. Vengriya tomoni Vengriyaning ENIOX kompaniyasi ushbu loyihada ishtirok etgan taqdirda «Eksim Banka Vengriya» tomonidan 130 mln. yevroga teng qiymatda moliyalashga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
"Oʻzatom" agentligi, shuningdek qator vazirlik va idoralar mutaxassislari 2018 va 2020 yillarda Vengriyaga qilingan safari davomida Vengriya yadro energetikasining obʼyektlari bilan yaqindan tanishgan, ushbu mamlakatning atom elektrstantsiyalarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi tajribasini oʻrgangan edi.
Xususan, hozirgi paytda Rossiya dizaynidagi «Paksh-2» AES ni “tayyor holda” qurish sharti bilan loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu inshoot “Rostatom” davlat korporatsiyasi tomonidan barpo etilmoqda. «Paksh-2» ikkita VVER-1200 energoblokiga ega boʻladi, yaʼni Vengriya tomoni taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonning birinchi atom elekstrantsiyasi bilan oʻxshash texnologik parameterlarga ega boʻladi.
Vengeriya tomonidan oʻzaro hamkorlikning taʼlimga oid jihati taʼkidlandi, bu borada rivojlanish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Yaʼni, Oʻzbekistonlik talabalar uchun kvota 30 tadan 100 kishigacha koʻpaytirildi, uning doirasida atom energetikasini oʻrganish dasturini Budapesht politexnika unversitetitida joriy qilish taklif qilinmoqda.
Muhokama qilingan barcha masalalar boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi va ikki mamlakat mutaxassislari jalb qilingan holda bu boradagi ishlar davom ettiriladi.