Moskvada “Oʻzatom” delegatsiyasi Oʻzbekiston AES loyihasini muhokama qiladi

Moskvada “Oʻzatom” delegatsiyasi Oʻzbekiston AES loyihasini muhokama qiladi

26 dekabr 2019 / 15:16 110
Moskvada Oʻzbekistonda birinchi  AES qurilishi boʻyicha ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Muzokarani 27 dekabr kuni oʻtkazish rejalashtirilgan. Bundan avval, ushbu ishchi tashrifi 14 dekabr kuni boʻlib oʻtgan. Undan maqsad - Oʻzbekistonda AES qurilishiga oid shartnomani muhokama qilish boʻyicha markaziy ishchi guruhning yigʻilishida ishtirok etishdan iborat edi.

2018 yil sentyabrda Rossiya va Oʻzbekiston respublika hududida AES qurilishi boʻyicha hamkorlik hukumatlararo bitim imzolangan. Respublikada 1,2 GVt kuchlanishdagi “3+” avlod ikki blokdan iborat majmua quriladi.

AES Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonkoʻl yaqinidagi hududda joylashadi, u yerda muhandis-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.