8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni

08 mart 2022 / 15:05 300
Aziz va qadrli opa-singillar, mehribon onajonlar! 
Muborak zaminimizda bahorning orziqib kutilgan nafasi sezilib turgan pallada, "O`zatom" agentligi sizlarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan qutlaydi! 
O`zingizdek go`zal va dilbar  ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo`lsin! Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin! Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu-yurtimiz ardog`ida bo`ling! Sizdek mo`tabar ayollarni go`zallik va muhabbat hech qachon tark etmasin!