Elektron nurlari texnologiyasi yordamida chiqindi suvlarni tozalash.

11 mart 2021 / 12:00 609
2020-yilda Xitoyda XAEA (МАГАТЭ) texnologiyalariga asoslangan kuniga 30 million litr sanoat suvlarini tozalashga mo’ljallangan zavod ochildi. Ma'lumot uchun: ushbu elektron nurlari usuli yordamida har yili 4,5 milliard litr chuchuk suvni tejash imkonini beradi. Bu 100 000 kishini suvga bo’lgan ehtiyojini qondiradi.

Dunyodagi eng yirik to'qimachilik korxonalari Xitoyda joylashgani barchamizga ma’lum. Bunday sanoat korxonalari ish jarayonida katta miqdordagi suvni, shuningdek kimyoviy moddalarga kiruvchi bo'yoq, kraxmal, kislotalar, tuzlar va yuvish vositalarini talab etadi-ishlab chiqarish so’ngida esa chiqindiga aylanadi. Bo’yoq qoldiqlari, kimyoviy moddalar bilan ifloslangan suv, bakteriyalar va kimyoviy birikmalar bilan parchalab bo'lmaydigan moddalar,  elektron nurlar tezlatgichi yordamida tozalanadi.

Elektron nurlari texnologiyasining ishlash prinsipi : ionlangan suv molekulalari, chiqindi suv tarkibidagi zararli organik ifloslantiruvchi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Keyinchalik bu ifloslantiruvchi moddalar parchalanib, an'anaviy usullar yordamida osongina kimyoviy birikmalarga ajraladi. 

Elektron nurlar texnologiyasining asosiy afzalliklari: 
✅oqava suvlarda mavjud bo'lgan, murakkab molekulalarni yo'q qilish qobiliyati; 
✅qayta ishlov berilgan suv yaroqli hisoblanadi;
✅ishlov berish muddati qisqaradi;  
✅kimyoviy moddalarga bo’lgan xarajatlar qisqaradi; 
✅ikkilamchi chiqindilar hosil bo'lmaydi.
Batafsil...
https://www.iaea.org/ru/newscenter/news/pri-podderzhke-magate-v-kitae-otkryta-krupneyshaya-v-mire-us...