АQShda muzlagan shamol tegirmonlari tufayli blekaut yuz berdi

19 fevral 2021 / 10:00 38
Tabiiy ofatning eng kuchli zarbasini Texas boshdan kechirdi, u yerda 3,8 milliondan ortiq kishi elektr energiyasiz qolishdi. Oregonada qariyb 230 ming isteʼmolchilar qorongʼulikda qolib ketishdi.
Boʼronli shamol va kuchli sovuq Texasdagi shamol elektrostantsiyalarining yarmini ishdan chiqardi. Shamol elektr stansiyalari bu shtatda eng yirik elektr energiyasi manbai sifatida ikkinchi oʼrinda turadi va energiya taʼminotining 23% aynan shamol energetikasiga toʼgʼri keladi. Ob-havo tufayli energiyaning spot (sotib olish vaqtidagi narx) narxi yuzaga kelgan muammo tufayli 3,5 ming foizga oʼsdi. 

Bu АQShdagi soʼnggi yil davomida ikkinchi marotaba isteʼmolchilarni elektr tokidan vaqtinchalik uzilishidir. Oʼtgan yilning yozida yuz minglab Kaliforniyaliklar elektrsiz qolib ketishgan edi. Bu shtatda qayta ishlanadigan energiyalardan foydalanish elektr energiyasi ishlab chiqarishning taxminan 33% ini tashkil qiladi, lekin ular issiqda juda kuchli bosimlarga dosh bera olmagan.