Saraton kasallariga qarshi kurashda yadro texnologiyalarning qo’llanilishi.

09 mart 2021 / 10:00 105
Saraton kasallariga qarshi kurashda yadro texnologiyalarning qo’llanilishi.
Inson hayotida salomatlik nihoyatda muhim rol o'ynaydi. Ilm-fan rivojlanishi natijasida radioaktiv nuklidlarni xavfsiz va samarali qo’llanilish usullari keng ta'minlanmoqda. Radionuklidlar asosan radioterapiya qurilmalarida, tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilishda, yadro tibbiyoti va radiatsiya terapiyasida ishlatiladigan radiofarmasevtik vositalarni - radioaktiv moddalarni xavfsiz va ishonchli ishlab chiqarish, tarqatish va ulardan foydalanish uchun ishlatiladi.
Nur terapiyasi — saraton kasalligini davolash hamda tanadagi xavfli hujayralarni yo'q qilish maqsadida ionlashtiruvchi nur  vositasida insonlarni davolovchi onkologiya sohasidir. Bunday davolash usuli saraton kasalligiga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Ma’lumot uchun, dunyoda har oltita insonning bittasi saraton kasalligi tufayli dunyodan ko’z yummoqda, bu o'limga olib keluvchi oqibatlarning ikkinchi asosiy sababidir. Shuni ta'kidlash kerakki, masofaviy nur terapiyasi inson tanasi radioaktivligini keltirib chiqara olmaydi. Shuning uchun nur terapiyasini qabul qilgan insonlar bilan  muloqotda bo'lishdan qochishning hojati yo'q.