Xorazmda nur terapiyasi yoʼlga qoʼyildi
03 mart 2021 / 10:00
546
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filialida radiologiya boʼlimi faoliyat boshladi.Nur terapiyasining yoʼlga qoʼyilishi onkologik kasalliklardan aziyat chekayotgan kishilarning mushkulini yanada oson qilishi aniq. Sababi shu paytga qadar viloyat aholisi bunday muolajalarni olish uchun Nukusga yoki Poytaxtga borishga majbur boʼlishar, bu esa ular uchun turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ham yuzaga keltirardi.
Keyingi yillarda muassasaning moddiy texnika bazasi takomillashtirib borilayotgani sababli zamonaviy davolash uslublari keng tatbiq qilinmoqda. Mahalliy aholi filialda yaratilgan sharoitlardan va koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatdan rozi.
Maʼlumot oʼrnida shuni aytish kerakki, 100 oʼringa moʼljallangan filialda 25 oʼrinli jarrohlik, 25 oʼrinli kimyo terapiya, 30 oʼrinli radiologiya hamda 20 oʼrinli onkoginekologiya boʼlimlari faoliyat olib bormoqda.