Bill Geyts- atom energetikasi bu - insoniyat va iqlim kelajagi.

26 yanvar 2021 / 10:00 505
Quyosh va shamol uzluksiz energiya manbai boʼlish imkoniyatiga ega emas. Microsoft kompaniyasining asoschisi avstraliya АVC intervьyusida, bu funktsiyani, shuningdek, iqlimni saqlab qolishni faqat atom energetikasigina oʼz zimmasiga olishi mumkin, deya taʼkidladi. Geytsning soʼzlariga koʼra, 2050-yilga kelib iqlim neytralligiga erishish uchun atmosferadagi issiqxona gazlari hajmini kamaytirish kerak. Ular koʼmir, gaz va neftning yonishi natijasida hosil boʼlib, iqlimga taʼsir qilayotgan asosiy, salbiy sababdir. 

Muqobil manbalardan (masalan, quyosh yoki shamol energetikasidan) foydalanish mumkin, ammo bugungi kunda ularning uzluksiz ishlashi bilan bogʼliq muammolar hal etilmagan. "Ob-havo sharoitidan qatʼiy nazar ishlab chiqarish 25% mavjud boʼlishi kerak", - deydi u. Shuning uchun, Geytsning fikriga koʼra, eng yaxshi tanlov, atom energetikasi boʼladi. Milliarder iqlim oʼzgarishi insoniyat uchun koronavirusdan koʼra ancha xavfliroq deb hisoblaydi.