Muzokaralar davom etmoqda

22 dekabr 2020 / 00:24 529
Shu kunlarda ayrim elektron ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va elektron ommaviy axborot vositalari orqali Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi V.L. Tyurdenev tomonidan O'zbekiston Respublikasida atom elektr stantsiyasini qurish uchun shartnoma bo'yicha bergan izohi jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'lmoqda. “O'zatom” agentligi O'zbekiston Respublikasida sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi ob'ektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo'yicha bitimlar va shartnomalar tuzish vakolatiga ega davlat organi hisoblanishini e'tiborga olgan holda quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Hozirda O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan O'zbekiston Respublikasida atom elektr stantsiyasini qurish bo'yicha asosiy shartnoma shartlarini muhokama qilish bo'yicha doimiy muzokaralar o'tkazib kelinmoqda.
Ushbu shartnomani muhokama qilishda O'zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozitsiyalari ishlab chiqilgan va himoya qilib kelinmoqda. Hozirda tomonlar loyihaning xavfsizligi va ishonchliligi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqgan holda pozitsiyalarini yaqinlashtirish bo'yicha muzokaralarni davom etmoqdalar. Bundan tashqari, AESni joylashtirish maydonchasiga tegishli ruxsatnoma olish maqsadida ob'ektni joylashtirish bo'yicha ustuvor maydonchada keng ko'lamli muhandislik tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda va AES qurilishi hamda undan foydalanishning atrof muhitga ta'sirini baholash bo'yicha hujjat ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu hujjat bo'yicha o'rnatilgan tartibda ekspertizadan o'tkazish hamda jamoatchilik eshittiruvlarini tashkil etish bo'yicha rejaga asosan ishlar olib borilmoqda.
Tanlangan maydonchada Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan muhandislik tadqiqot ishlari natijalari AES qurilishi bo'yicha shartnoma shartlarining asosi bo'lib xizmat qiladi.