Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

11 mart 2020 / 23:12 546
Atom energetikasini rivojlantirish agentligida (“Uzatom” agentligi) bugun 11 mart kuni Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Koreys tomoni O'zbekiston Respublikasida atom energiyasini tinchlik yo'lida rivojlantirish, shuningdek bu sohada qonunchilikni yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadilar. Uchrashuv chog'ida 2019 yilning oktyabrida O'zbekiston delegatsiyasining Koreyaga qilgan tashrifi yakunida erishilgan ikki yoqlama kelishuvlar hamda Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik o'rnatishga tegishli masalalar muhokama qilindi. Suhbat davomida atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilish hamda Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.
kompaniyalari AESlarni qurish loyihalarida ishtirok etayotgan boshqa davlatlarda O'zbekistonlik quruvchilarning amaliyot o'tashlarini tashkillashtirish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi. Eslatib o'tamiz, Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasi barcha energetika va sanoat yo'nalishlarini qamrab olgan, injenerlik va quruvchilik ishlari bilan shug'ullanadigan dunyo bo'yicha qurilish sohasida eng etakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Xususan, ushbu kompaniya Janubiy Koreya (15 reaktor) va xorijiy davlatlarda (BAAda 4 reaktor) 65% AESlarni qurishda bosh pudratchi sifatida faoliyat olib boradi.
"O'zatom" agentligi matbuot xizmati.