O'ZBEKISTON DYELEGATSIYASI MAGATEning VENADAGI ANJUMANIDA IShTIROK ETMOQDA

O'ZBEKISTON DYELEGATSIYASI MAGATEning VENADAGI ANJUMANIDA IShTIROK ETMOQDA

10 fevral 2020 / 22:57 112
O'zbekiston delegatsiyasi MAGATE tomonidan 2020 yilning 10-14 fevral tashkilotning Agentlikning Venadagi bosh qarorgohida o'tkazilayotgan Fizikaviy Jismoniy yadroviy xavfsizlik bo'yicha xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilishida Xalqaro Aatom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlikgi (MAGATE) Bosh direktori Rafael Mariano Grossi so'zga chiqdi. Konferentsiya davomida MAGATE ga a'zo davlatlar ma'ruzalariga jiddiy e'tibor qaratildi. O'zbekiston nomidan anjumanda energetika vaziri Alisher Sultonov so'zga chiqdi. Ma'ruzada ta'kidlanganidek, “mustaqillikka erishilgandan buyon o'tgan yillar davomida O'zbekiston Respublikasi yadroviy qurolsizlanish va ommaviy qirg'in qurolini tarqatmaslik jarayonlariga izchil ravishda sodiq bo'lib qolmoqda. Shuningdek, u Yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnoma hamda O'zbekiston Respublikasi va MAGATE o'rtasidagi kafolatlarni qo'llash to'g'risidagi bitim bo'yicha o'z majburiyatlarini og'ishmay qat'iy bajarib kelmoqda”.
Ayni paytdaShuningdek ta'kidlandiki, O'zbekiston Hukumati tomonidan mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, shuningdek elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish uchun energetika tarmog'ining kelgusi rivojlanishini chuqur va har tomonlama tahlil qilish asosida o'zining yadroviy energetikasini yaratish bo'yicha taklif ishlab chiqilgan. Ushbu taklifni tayyorlashda ko'p sonli omillar, jumladan, energetik xavfsizlikni ta'minlash zaruriyati, atrof- muhitga uglerod chiqarilishi miqdorini qisqartirish va b.oshqalar hisobga olindi. Birinchi atom elektr stantsiyasini qurish bo'yicha qaror qabul qilinishi yadroviy infratuzilmani yaratish bo'yicha faoliyatni rivojlantirish uchun turtki bo'lib xizmat qildi. Jumladan, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. 2019-2029 yillarda O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish kontseptsiyasi va mamlakatning yadroviy-energetik dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi.
Energetika vaziri MAGATE bilan samarali hamkorlikni qayd etib o'tdi, uning doirasida 2020 yilning birinchi yarmida MAGATE ning yuqori malakali ekspertlarini jalb qilgan holda 15 ta milliy seminar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Yanvar oyida, xususan, Toshkentda Yadroviy xavfsizlik to'g'risidagi konventsiyaga qo'shilish masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.
MAGATE bilan hamkorlikning muhim qismi – bu atom energetikasi mavjud rivojlangan va rivojlanayotgan atom energetikasi bor mamlakatlar tajribasini o'rganishdan iborat bo'lib, bu O'zbekiston Respublikasi kabi yadroviy-energetika dasturini rivojlantirishda endi ilk qadamlarini qo'yayotgan mamlakat uchun muhim ahamiyatga egakasb etadi. Shu maqsadda O'zbekiston delegatsiyalari Frantsiya, Vengriya, Rossiya, Ukraina, Yaponiyaning atom elektr stantsiyalari faoliyati bilan tanishdi. Milliy yadroviy infratuzilma holatini har tomonlamakompleks baholash hamda yadroviy-energetika dasturining xavfsizligi, ishonchliligi va barqarorligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi 2020 yilda MAGATE ning Yayadroviy infratuzilmasini kompleks ko'rib chiqish bo'yicha INIR missiyasini o'tkazilishi yuzasidan so'raganov yuborgan va u 2020 yilning oktyabrida bo'lib o'tadishi MAGATE tomonidan ma'qullangan.