O`zbekiston Qozog`iston bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

O`zbekiston Qozog`iston bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

07 yanvar 2021 / 22:23 554

2020 yil 5 fevralda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Qozog`iston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M.Mirzagaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar axborot sohasida hamkorlikdagi sa`i harakatlarni rivojlantirish atrof-muhitga, shuningdek, atom energiyasining ekologiyaga ta`sirini baholash bo`yicha hamkorlik mavzulariga to`xtaldi.

O`zbekiston Respublikasida AES qurilishi bo`yicha loyihaning amalga oshirilishi, umumnan davlat yadroviy-energetika dasturini amalga oshirish va yadroviy infratuzilmani yaratish, shuningdek yadroviy xavfsizlik sohasidagi xalqaro huquqiy vositalarni implementatsiya qilish bo`yicha ko`rilayotgan choralar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi.Bundan tashqari, xabar qilinishicha, xalqaro me`yyorlar va MAGATEning talablariga muvofiq yaqin keljakda O`zbekiston Respublikasi va qo`shni davlatlar hududida shu jumladan, Qozog`iston Respublikasida Ozbekistoon AES inshootlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga doir faoliyatning atrof-muhitga ta`sirini baholash bo`ycha jamoat eshtiruvlarini o`tkazilishi kutilmoqda.

Qozog`iston tomoni qo`shni davlat tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo`yicha qabul qilinayotgan chorlarni ijobiy baholadi va bundan buyon atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida yaqindan hamkorlik qilishnitaklif etdi. Uchrashuv natijalariga ko`ra ushbu yo`nalishda birgalikd ish olib borish bo`yicha kelishuvga erishildi.