"O`zatom" agentligida Frantsiya Respublikasi Elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib  o`tdi

"O`zatom" agentligida Frantsiya Respublikasi Elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

23 yanvar 2020 / 21:36 144
2020 yil 17yanvarda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzurodagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligida Frantsiyaning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Izabel Servoz-Galluchchi rahbarligida Frantsiya elchixonasi delegatsiyasi va Rossiya Federatsiyasidagi Frantsiya elchixonasining Atom energiyasi bo`yicha mintaqaviy maslahatchisi hamda O`zbekistondagi vakili Aleksandr Gorbachev bilan Frantsiya Respublikasi elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Frantsiya tomoni "Atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinganini ijobiy baholadi. Ta`kidlandiki, aholining xavfsizligini ta`minlash va jamoatchilik nazorati shaffofligini oshirishga alohida e`tibor qaratilgan ushbu qonun barcha xalqaro me`yyorlarga to`la mos keladi.
Muloqot chog`ida O`zbekiston delegatsiyasining Frantsiyaga tashrifi davomida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar, shuningdek farntsuz kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi Geoligiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi ishtirokida Fratsiyaning "Orango MIning S.A" kompaniyasi bilan uran qidirish va qazish bo`yicha qo`shma korxona ta`sis etilgani, "Assystem" kompaniyasi bilan hamkorlik barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetika ob`ektlarini innovatsion texnologiyalar qo`llangan holda loyhalashtirishga ixtisoslashtirilgan "Uzenergoengineering-Assystem" qo`shma korxonasi tashkil etilgani qayd etildi.
ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish doirasida O`zbekiston tomoni energetik soha bo`yicha uskunalarishlab chiqarish bo`yicha Frantsiyaning yirik kompaniyalri bilan qalin aloqalar o`rnatish va ularni bu ishga jalb etib, ularni sanoat kooperatsiyasi yo`li bilan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni jadallashtirish taklifini bildirdi. Bundan tashqari, uchrashuvda O`zbekistn Respublikasi delegatsiyasining 2020 yil 21-24 yanvar kunlari Parijga tashrifi davomida Frantsiyaning atom sohasi bo`yicha mahsulotlari taqdimotini o`tkazish taklifi qilindi.
Uchrashuvda shuningdek, kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik, atom energetikasi sohasidagi mutaxassislarning proffesional salohiyati, arom energetikasidan foydalanish sohasi bo`yicha asosoiy xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish kabi O`zbekistondagi mavjud qonunchilik asoslari va me`yyoriy holatlarga doir masalalar ko`rib chiqildi.