Atom energetikasi bo`yicha xalqaro agentlik O`zbekiston uchun to`rtta loyihani tasdiqladi
17 dekabr 2019 / 20:00
779
O`zbekistonda atom energiyasidan foydalanishning milliy siyosatini va strategik yo`nalishlarini tayyorlash hamda amalga oshirishga ma`sul bo`lgan "O`zatom" agentligi Xalqaro Atom energiyasi Agentligi (MAGATE) Boshqaruv Kengashi tomonidan to`rtta loyiha tasdiqlanganini e`lon qiladi.
Kelishuv O`zbekiston va MAGATE o`rtasidagi Texnik hamkorlik dasturi (keyingi o`rinlarda "Dastur" deb yuritiladi) doirasida amalga oshirilgan bo`lib, ular texnik imkoniyatlarni va inson resurslarini oshirish, yadroviy infratuzilmani rivojlantirish, O`zbekistonda atom energiyasidan tinch foydalanish sharoitida yadro/radiatsion xavfsizlikni kuchaytirishga yo`naltirilgan.
O`zbekistonda loyiha ijrochilari quyidagilar hisoblanadi:
* "O`zatom";
*Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi;
*Yadro fizikasi instituti;
*O`zbekiston milliy universiteti;
* Samarqand davlat universiteti;
* Toshkent shahar onkologiya dispanseri.
Dastur O`zbekistondagi yadroviy ob`ektlarni ekspluatatsiya qilishda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni kuchaytirish, tibbiyotda va iqtisodiyotning boshqa sohalarida zamonaviy yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, yadro energetikasi to`g`risidagi bilamlarni tarqatishni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston 2019 yil davomida Atom energiyasi dasturini amalga oshirish bo`yicha MAGATE bilan yaqindan ish olib bordi va erishilgan kelishuvlar O`zbekistonning yadro energetikasini muvofiqlashtirish bo`yicha xalqaro organ bilan aloqalarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga imkon berdi.

"O`zatom" me`yyoriy hujjatlarini ishlab chiqish borasida MAGATE bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga umid qilmoqda. "O`zatom" boshqaruv organi qanchalik kuchli bo`lsa, dastur shunchalik xavfsiz va muvaffaqiyatli bo`ladi deb hisoblaydi.
Energetika vazirining birinchi o`rinbosari va "O`zatom" agentligi bosh direktori Jo`rabek Mirzamagmudov bu haqida shunday dedi:
"Biz o`z yadro energetika dasturimizni amalga oshirish yo`lida MAGATE bilan yonma-yon bormoqdamiz. Eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta`minlash bilan birga O`zbekistondagi yadro energetikasi va yadro texnologiyalari sohasidagi bilimlarini takomillashtirish bizning ustuvor vazifalarimizdir.