“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

22 noyabr 2023 / 14:52 51
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 - yil 2 - noyabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari koʻrib chiqilgan edi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizdagi barcha soha tashkilotlari qatori “O‘zatom” agentligi, "AES qurilishi direksiyasi" DUK va Toshkent filiali Milliy yadro tadqiqotlari universiteti MMFI xodimlari va talabalari ham ushbu xayrli ishlarga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 

Bunda xodimlar va talabalar birgalikda  Toshkent filiali MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti hududiga 200 tup ko‘chat ekdilar. Bundan tashqari, agentlik tomonidan yana 500 tupga yaqin ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Shu oʻrinda aytish joizki, agar biz yer va suv resurslari, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishda davom etsak, kelgusi avlodlar ham  munosib tabiiy muhitda yashashiga imkon yaratgan bo'lamiz.







Telegram
Facebook
Instagram
Web sayt
YouTube
Twitter