Namangan viloyatining maktab o‘quvchilari jamoasi O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat formulasi» xalqaro chempionatida eng yaxshi natijaga erishdi

Namangan viloyatining maktab o‘quvchilari jamoasi O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat formulasi» xalqaro chempionatida eng yaxshi natijaga erishdi

25 oktabr 2023 / 13:18 81
Onlayn rejimda Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘istondan 122 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi. O‘zbekistonda tadbir «Rosatom» davlat korporatsiyasi ko‘magida Atom texnologiyalari axborot markazida tashkil etildi.

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat formulasi» intellektual o‘yini «Nima? Qayerda? Qachon?» intellektual o‘yinining qoidalari asosida tashkil etildi.

Bu yilgi chempionatning viloyat bosqichida to‘rt davlatdan 398 nafar maktab jamoasi ishtirok etgan bo‘lsa, finalga 122 ta jamoa chiqdi. Finalchilar fizika, kimyo, tarix, ommaviy madaniyat, rus tili va atom sanoati, shuningdek, badiiy adabiyot va biologiya fanlarini qamrab olgan 36 ta savolga javob berishdi.

O‘tgan yili saralash bosqichlarida mamlakatimizdan 25 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil viloyat bosqichining o‘zida 38 ta jamoa ishtirok etdi. Namangan viloyatining «Geksagon» jamoasi O‘zbekistonning boshqa jamoalari orasida peshqadamga aylandi. Bu jamoa ikki tilda: rus va o‘zbek tillarida ishtirok etgan. Turnirning ertasiga bolalar o‘zbek tilida ham O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Yakuniy o‘yin natijalari bilan bu yerda mumkin.