Bahram Mamatmuratovich Mansurov “O‘zatom” agentligi direktori etib tayinlandi

01 avgust 2023 / 15:39 114
#TAYINLOV

Bahram Mamatmuratovich Mansurov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, B. M. Mansurov 2018-yildan buyon “O‘zatom” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari, keyinroq esa birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

Ma'lumot uchun, B. M. Mansurov Ukrainadagi Ivano-Frankovsk neft va gaz institutida "neft va gaz konlarini o'zlashtirish texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash" mutaxassisligi bo'yicha tahsil olgan.