ATAM maktab o`quvchilarini "Atom sinovi #9" viktorinasiga taklif etadi

18 aprel 2022 / 16:09 302
Bu safar maktab o`quvchilariga vaqtlarini unumli o`tkazishlari bilan birga, bilimlarini sinab ko`rish, hamda sovrin yutib olishlarini taklif qilamiz. Onlayn viktorina uchun tayyorlangan savollar umumta`lim maktablari va litsey o`quvchilari uchun qiziqarli va foydali bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, may oyida o`tkaziladigan navbatdagi "Atom sinovi" viktorinasiga universitet talabalarini taklif qilamiz.

Atom texnologiyalari axborot markazi (ATAM) maktab o‘quvchilarini "Atom sinovi #9" viktorinasiga taklif etadi. Viktorina 
21 aprel kuni, soat 16:00 da bo`lib o`tadi. 
Viktorinada ishtirok etish uchun havolaga bosing
https://play.myquiz.ru/i/295730 va albatta ro`yxatdan o`ting✅. 

Ushbu viktorinada ishtirokchilarni tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha ko`plab qiziqarli savollar kutmoqda!

G`oliblar 2 ta talab bo`yicha aniqlanadi:
-✅ to`g`ri javoblar soni
-⌛️tezlik
Agar ishtirokchilarning yiqqan ballari teng bo`lsa, oxirgi savolga birinchi javob bergan ishtirokchi g`olib deb topiladi. Ishtirokchilar reytingi avtomat tarzda belgilanadi va natijalar viktorina tugashi bilan e`lon qilinadi.
Sovrinlar o`z g`oliblarini kutmoqda!