10 dekabr – O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10 dekabr – O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10 dekabr 2021 / 10:26 368
«O`zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonun 1992-yil 10-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n birinchi sessiyasida qabul qilingan. Qonunga ko`ra, madhiya davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Madhiyamiz asosini bastakor Mutal Burxonovning xalq shoiri Abdulla Oripov she`rlari asosida yaratilgan musiqasi tashkil etadi.
Davlatimiz madhiyasida o`zbek xalqining ko`ngil kengligi, mehr-oqibat va mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ko`p asrlik tarixi, yurtimizning qudrati va kuchi, zaminimizning go`zalligi o`z ifodasini topgan. O`zbekistonning muhim yutuq va muvaffaqiyatlari ramziga aylangan Davlat madhiyasi o`zbek xalqining buyuk ajdodlari shon-shuhratini tarannum etuvchi, kelajak avlodni yangi g`alaba va marralar sari ruhlantirib, mustaqil va suveren mamlakatimizni munosib ifodalashi shubhasiz.