Oʼzbekiston Аtom energetikasini rivojlantirish agentligi va uning tasarrufidagi korxonalar xodimlari koronavirus infektsiyasiga qarshi «Men vaktsina oldim» aksiyasida ishtirok etishdi. Tizimdagi barcha ishchi xodimlar toʼlaqonli emlandilar.

13 iyun 2021 / 09:30 73

Jahondagi yetakchi tibbiyot mutaxassislarining taʼkidlashicha, insoniyatga toʼgʼridan-toʼgʼri xavf solib turgan ushbu baloga qarshi eng samarali kurash yoʼli bu oʼz vaqtida emlanishdir. Bugun yurtimizda har bir fuqaro bu haqiqatni toʼgʼri anglab yetgan holda, birdamlikda sogʼlom hayot yoʼlida harakat qilayotgani eʼtiborga loyiqdir. 

Emlanishdan soʼng hech bir xodimda uning nojoʼya taʼsiri sezilmadi. 
Eslatib oʼtamiz, 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 nomli koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) Xitoy-Oʼzbek vaktsinasi tibbiyot amaliyotida qoʼllash uchun davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan edi. 

Ushbu yangi vaktsinani birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgan boʼlib, u "Jurabek Laboratories" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

"Oʼzatom" agentligi matbuot xizmati