2021-2022 oʼquv yili uchun TF MMFI MTYaU hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda

21 iyul 2021 / 20:05 95
Toshkent shahridagi «MMFI» Milliy tadqiqot yadro universiteti» filiali yuqori salohiyatdagi muhandis-texnik yoʼnalishida taʼlim olishni xohlagan iqtidorli yoshlarni talabalar safini kengaytirishga chaqiradi.

MMFI MTYaU filialining asosiy vazifasi – atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida zamon talablariga javob beradigan, yuksak bilim, yuqori koʼnikma va malaka bilan birga amaliy salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash. Institutning oʼquv dasturi Moskvadagi bosh taʼlim muassasasining standartlari va ish beruvchilarning talablari asosida ishlab chiqilgan.

Filialda bakalavrlar kunduzgi taʼlim dasturi asosida tahsil olishadi. Taʼlim jarayoni Rossiyadagi yetakchi oliy oʼquv dargohlari bilan turli xil xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati mavjudligi, kredit-modul tizimi asosida tashkillashtirgan. Bitiruvchilar Moskvadagi bosh universitet diplomini olishadi.

Talabalar xalqaro taʼlim dasturlarida, xalqaro tanlovlarda, shuningdek, Oʼzbekiston va Rossiyaning obʼektlarida va yetakchi tadqiqot institutlarida amaliyot oʼtashlari mumkin.

Batafsil...
https://kun.uz/94163775