"Аtom insonlar uchun"

"Аtom insonlar uchun"

29 aprel 2021 / 17:10 106
Rosatom "Аtom insonlar uchun" global maʼrifatparvarlik kampaniyasini taqdim etmoqda

Butun insoniyat uchun porloq kelajak garovi - bu atom energetikasi singari ishonchli "yashil energiya" manbaidir. Zamonaviy yadro texnologiyalari insonlarga shunchaki toza elektr energiyasidan koʼra koʼproq narsani beradi. Tinchlik yoʼlidagi atom hozirgi va istiqboldagi eng zarur muammolarni samarali hal qilish uchun universal vositadir. BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga atom texnologiyalarisiz erishib boʼlmaydi. 

"Аtom insonlar uchun" - atom texnologiyalari jahon ahlining orzularini qanday qilib roʼyobga chiqarishga yordam berayotgani haqida hikoya qiladigan noyob toʼplamdir.
30 aprel kuni loyihaning boshlanishiga bagʼishlangan "Insoniyatga atom texnologiyalari nima uchun zarur" mavzuida tadbir boʼlib oʼtadi. Taqdimotga iqlim va energetika masalalari boʼyicha 15 yillik tajribaga ega, butun dunyoga mashhur mutaxassis Kirsti Gogan boshlovchilik qiladi. Tadbirda "Rosatom" va Butunjahon yadro uyushmasi rahbarlari, ekolog-ekspertlar va "Аtom insonlar uchun" loyihasi qahramonlari ishtirok etishadi.

"Аtom insonlar uchun " loyihasining taqdimoti 30-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 17: 00 da http://atomsforhumanity.ru (rus tilida) saytida va http://atomsforhumanity.com (ingliz tilida) saytida boʼlib oʼtadi.

@Uzatom_info @Clearenergy