"Uglerod neytralligiga erishish uchun uzoq muddatli hamkorlik" toʼgʼrisida memorandum imzolandi.

28 aprel 2021 / 14:20 463
Oʼzbekiston hukumati va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) "Uglerod neytralligiga erishish uchun uzoq muddatli hamkorlik" toʼgʼrisida memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikning asosiy vazifasi: uglerodsiz energiya manbalariga bosqichma-bosqich oʼtishdir. Maʼlumot uchun: 2020 yilning may oyida Oʼzbekiston Energetika vazirligi kam uglerodli strategiyani eʼlon qilgan edi. Mamlakatimiz past uglerodli energiya manbalari, jumladan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish, quyosh, gidro va shamol energiyasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishni maqsad qildi.

Kelishuv doirasida YTTB, qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan yirik elektr stansiyalari loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, zamonaviy elektr tarmogʼini modernizatsiya qilish boʼyicha ishlarni amalga oshirishda texnik koʼmak va moliyaviy yordam koʼrsatishni, shuningdek, eski samarasiz issiqlik elektr stansiyalarini ishdan chiqarish, ularni modernizatsiya qilish va qayta profilaktika qilish rejalashtirilmoqda.

Oʼzbekistonning YTTB bilan hamkorligi mamlakatda yangi energiya yoʼnalishlarini paydo boʼlishiga sabab boʼladi.