«Yangilanayotgan Oʼzbekistonda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishda ayollarning oʼrni»

23 aprel 2021 / 18:11 459

Bugungi kunda respublikamizda ilmiy xodimlarning nechchi foizini ayollar tashkil etadi? 

Ular orasida fan nomzodlari va doktorlarining ulushi yuqorimi? 

Аytish kerakki, bu kabi masalalar jamiyatimizda muhim masalalar qatorida koʼtarilmoqda. Chunki ayolning ilm yoʼlida mansab pogʼonasida oʼsishdan tashqari, turmushda ham majburiyatlar bor.

Ilm-fan, qishloq xoʼjaligi, sogʼliqni saqlash bilan bogʼliq sohalarda oliy maʼlumot olishga intilayotgan ayollar soni tobora koʼpayib borayotganiga qaramay, umumiy hisobda, gender nomutanosibligi hali-hamon ayollar foydasiga saqlanib qolmoqda, olimlar orasida ayollar ulushining pasayishi kuzatilmoqda.

Koʼpgina ayollarning tabiiy fanlarga qiziqishini va kasb tanlashini «tizim oʼzgarishi» yondashuvi bilan almashtirish kerak, eʼtiborimizni «tor oʼrinlarga» qaratishimiz, yaʼni ayollarni ilm-fandan voz kechishga majbur qilayotgan toʼsiqlarga, uy yumushlaridan tortib, to madaniyatimizga eʼtibor berish lozim.

MMFI MYaTU filiali «Xotin-qizlar kengashi» va «OʼzAtom» agentligi tomonidan tashkillashtirilgan seminarda, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Kimyo va polimerlar fizikasi instituti direktori Аkademik Sayyora Rashidova ishtirok etib, «Yangilanayotgan Oʼzbekistonda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishda ayollarning oʼrni» mavzusida qiziqarli suhbatlar bilan ishtirok etdi. 

Seminarni ochilishida, filialning direktori vazifasini bajaruvchisi Alisher Senatullaev soʼzga chiqib, quyidagilarni taʼkidladi: «Hukumatimiz tomonidan bugungi kunda gender tengligi masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, gender tengligi, tenglik va adolat masalasidan qoʼra dolzarbroq ekanligi, xotin-qizlar uchun qulay sharoit yaratgan mamlakat oʼzining innovatsion salohiyatini va raqobatbardoshligini oshiradi».

Seminarda soʼzga chiqqan akademik Sayyora Rashidova ayollarning jamiyatdagi oʼrni toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi: «Bugungi kunda Oʼzbekistonda ayollar mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotidagi barcha sohalarida faol ish olib bormoqdalar. Аyollarning turli sohalarda yuqori darajadagi ishtiroki, gender tengligini qoʼllab-quvvatlashning natijasidir. Erishilgan muvaffaqiyatlarda toʼxtash kerak emas, mamlakatimizda juda koʼp aqlli va iqtidorli xotin-qizlar bor, oʼylaymanki gender stereotiplarini oʼzgartirish vaqti keldi».

Bugungi kunda MMFI MYaTUning Toshkentdagi filialida jami talabalarning 15 tasini qizlar tashkil etadi. Tanlagan yoʼnalishning murakkabligiga qaramay, oʼz kelajagini atom energetikasi bilan bogʼlash ularning oʼz oldilariga qoʼygan asosiy maqsadlaridir. 

Akademik oʼz nutqida Institut xodimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yoʼnalishlar va oʼz oldiga qoʼygan dolzarb vazifalar va muammolar haqida gapirib berdi. Seminar yakunida talaba qizlar iqtisod, tibbiyot, ekologiya, qishloq xoʼjaligi va insoniyat hayotini yaxshilash uchun eng yangi texnologiyalarni bilan bogʼliq ilmiy ishlarda atom texnologiyalari qoʼllash istagi yanada kuchayganini aytishdi.

Seminar ochiq muloqot va faol munozara tarzida boʼlib oʼtdi. Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar. Suhbat soʼngida ishtirokchilar bu kabi formatdagi seminarlarda doimiy ravishda qatnashish istagini bildirdilar.


«OʼzAtom» agentligi matbuot xizmati.