“Дайджест”-Новости Узбекистана telegram kanalidagi xabarga rasmiy munosabat

01 aprel 2021 / 15:45 454
Bugun “Дайджест”-Новости Узбекистана telegram kanalida Toshkent shahridagi MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetining birinchi kurslari orasida COVID-19 virusi aniqlangani sababli, goʼyoki oʼqish 2-apreldan toki 18-aprelgacha onlayn shaklga oʼtayotgani haqidagi haqiqatga zid xabar tarqatildi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu maʼlumot real vaziyatga mutlaqo zid va asoslanmagan boʼlib, MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filiali offlayn rejimda oʼqishlarni davom ettirmoqda. Talabalar anʼanaviy formatda oʼqimoqdalar.

❗️Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan yolgʼon maʼlumotlarni ataylab ommaga, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan shaxslar qonun doirasida javob beradi. Qolaversa, bu umuminsoniy odob meʼyorlariga ham ziddir.

“Oʼzatom” agentligi axborot xizmati