Atom energetikasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va atom energetikasi sohasida xodimlarni o'qitish borasida anglashuv Memorandumi imzolandi

30 mart 2021 / 20:00 504
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida bugun Oʼzbekiston-Vengriya amaliy maslahatlashuvlarining birinchi yigʼilishi shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida "B2B" i "G2B" formatidagi biznes-forum boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirda "Oʼzatom" agentligi va "ENEXIO Hungary Kft" kompaniyasi vakillari uchrashishdi. Muzokaralarda sohaga doir tomonlarni qiziqtirgan dolzarb va muhim masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Vengriya innovatsiya va texnologiya vazirligi oʼrtasida "Аtom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalari boʼyicha atom energetikasi sohasida xodimlarni oʼqitish va tayyorlash borasida hamkorlik oʼrnatish toʼgʼrisida"gi anglashuv memorandumi imzolandi. 
Аnglashuv memorandumi ikki mamlakat oʼrtasida yadro taʼlimi sohasiga oid uzoq muddatli hamkorlik oʼrnatishdan iboratdir. Uning doirasida yadro xavfsizligi, atom elektrostansiyalariga texnik xizmat koʼrsatish hamda foydalanish va inson resurslarini rivojlantirish, radiatsiyadan himoya, yadro texnologiyalarini boshqarish va boshqa yoʼnalishlarda oʼquv kurslari va taʼlim dasturlarini tashkillashtirish, Vengriya va Oʼzbekistonda atom energetika sohasida ish olib borayotgan soha mutaxassislari vakillari oʼrtasida oʼzaro tajriba almashishlari uchun dasturlar ishlab chiqishni oʼz ichiga oladi.
Uchrashuv sermahsul, amaliy va doʼstona ruhda kechdi.

"Oʼzatom" agentligi matbuot xizmati