"O'zatom" agentligida Gender tengligi mavzusida davra suhbati

04 fevral 2021 / 16:00 654

Yangi Oʼzbekiston ayollari bugun har bir jabha va sohalarda oʼzlarining munosib oʼrinlariga ega boʼlib borayotganlarining yaqqol guvohi boʼlmoqdamiz. 

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish yoʼlida soʼnggi toʼrt yilda koʼplab salmoqli va tizimli ishlar amalga oshirilganini xalqaro hamjamiyat ham keng eʼtirof etmoqda. Xususan, ayollarimizning haq-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari Konstitutsiyamiz hamda qator qonun hujjatlarimizda mustahkamlab qoʼyilgan.


АТАМ videozali

Zero, davlat va jamiyat hayotining barqaror rivojlanishi asosiy muammolaridan biri aynan gender tenglikka erishish deb qarab kelinayotgani bejiz emas.


Аdliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev

"Gender tengligi" oxirgi vaqtlarda keng qo'llanilayotgan tushunchalardan biri bo'lib qolmoqda. "Gender tengligi" nima o'zi? Gender tengligiga erishishning asosiy shartlari qanday? Ming yillik taraqqiyot maqsadlarining uchinchi maqsadi nima? Siyosatda ayollarning ishtirokini ta'minlashda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kabi savollarga Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, proffessor Boboqul Toshev ishtirokida "O'zatom" agentligida tashkil etilgan anjumanda so'z yuritiladi. Jonli muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda agentlik tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari qatnashadilar.   


Аtom texnologiyalari axborot markazida ochiq muloqot

Gender tenglik bugun ijtimoiy munosabatlarimizda jamiyat rivoji uchun muhim va dolzarb ahamiyatga egaligini kuzatishimiz mumkin. Bugun qonunchiligimizda boshqaruvda, ijtimoiy hayotda va oilada ayollarning faolligini oshirishga qaratilgan katta oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda. Shiddat bilan oʼzgarayotgan davrda jamiyat ham oʼzgarib boraveradi. Bu holatda inson va zamon bir-biri bilan hamnafas boʼlishga harakat qiladi. Demakki, hamnafaslik qaysi sohada boʼlmasin ayollarni ham chetlab oʼtishi kerak emas.


АТАМda "Gender tengligi" mavzusida ochiq muloqot

Аyollar senator, hokim, deputat, murabbiy, shifokor, rahbar lavozimlarida erkaklar bilan bir safda turib faoliyat yuritishlari, tadbirkorlik qilishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar barchasi mamlakatimizda ularning rivojlanishlari uchun yaratilib berilayotgan sharoitlar mahsulidir.


АTAMda "Gender tengligi" mavzusida ochiq muloqot

Аyol-mehr va muhabbat timsoli, ayol-baxtning debochasidir. Xotin-qizlarni eʼzozlash ularga eʼtibor koʼrsatish, gender tengligini taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʼtarildi", dedi notiq. Аmmo eng asosiysi, bu jarayonga har birimiz ongli ravishda kirib borishimiz, ayolni eʼzozlashimiz va ularga yuksak hurmat va ehtirom koʼrsatib yashaydigan jamiyat qurishga hissa qoʼshishimiz zarur, deya taʼkidladi Boboqul Toshev.

"Oʼzatom" agentligi axborot xizmati.