O'zbekiston Ekologik partiyasi vakillarining ATAMga tashrifi.

03 fevral 2021 / 18:00 513

“Sog’lom atrof-muhit-sog'lom inson” - navbatdagi mehmonlarimizning asosiy shiori. O'zbekiston Ekologik partiyasi “O'zatom” agentligining Atom texnologiyalari axborot markaziga tashrif buyurdi. Ekopartiyaning asosiy vazifasi - barqaror rivojlanish, aholi sog'lig'i va turmush tarzini yaxshilash, ekologik xavfsizlik, qulay muhitni yaratish, hozirgi va kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishni ta'minlash.

"O'zatom" agentligida O'zbekiston Ekologik partiyasi vakillari bilan ochiq muloqot
Toza va xavfsiz energiya haqida so'z borganda “Yashil energiya” gavdalanadi. Quyosh, shamol, gidroenergetika va atom energetikasi – bularning barchasi “Yashil energiya” komponentlaridir. Ekologlar uchun tashkil etilgan seminarda "Atom energetikasi va yadro texnologiyalari" boshqarma boshlig’i Qosim To'xtaxunov aynan shu mavzularda qiziqarli va keng qamrovli ikki yoqlama suhbat olib bordi.
Dunyo bo'ylab, xususan O'zbekistonda energetika rivojining barcha bosqichlari, elektr energiyasi iste'molining o'sishi, tabiiy qazilma va resurslarni iste'mol qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalarining afzalliklari va kamchiliklari, xavfsizlik va rentabellik, va atom atom elektr stantsiyalarining atrof-muhitga ijobiy ta'siri: atom elektr stantsiyasining ish jarayonida har yili 14 mln tonna karbonat angidrid (CO2) va 36 ming tonna azot oksidi zararli gazlari atmosferani ifloslantirilishining oldi olinishi to'g'risidagi mavzular ochiq suhbatda muhokama etildi.

Atom texnologiyalari axborot markazi eksponatlar zali
Shuningdek, yadro texnologiyalari-bu nafaqat atom energetikasi. Balki qishloq xo’jaligi, meditsina, ilm-fan ravnaqiga salmoqli hissa qo’shuvchi tadqiqotlar manbai ekanligi ham ta’kidlab o’tildi. “O’zatom” agentligi mutaxassisi Qosim To’xtaxunov ma'ruza davomida tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga ilmiy faktlar va fizika qonunlariga tayangan holda javob berdi.
Seminar ishtirokchilari mutaxassis bilan so'ng eksponatlar zalida ham bo'lib yadro texnologiyalari-bu nafaqat atom energetikasi, qishloq xo’jaligi, meditsina ilm-fan sohalarida ham keng qo'llanilishi taqdim etilgan vizual ko'rgazmalar bilаn yaqindan tanishdilar. Har bir ekologning atrof-muhit va tabiatga aloqador savollariga Qosim To’xtaxunov ilmiy faktlar va fizika qonunlariga tayangan holda javob berib bordi.
"O'zatom" agentligi matbuot xizmati.