Leningrad AES ida ish boshlagan aqlli qurilma

21 yanvar 2021 / 01:25 476
Leningrad AES ida ish boshlagan aqlli qurilma
Texnika taraqqiyoti insoniyat uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. U orqali biz nafaqat yerdagi, balki kosmosda bo‘layotgan yangi kashfiyotlar bilan bir necha soniyalar ichida real vaqt kesimida tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdamiz. 
Ushbu texnikalar inson imkoniyatlari cheklangan hududlarda ham bemalol faoliyat ko‘rsatib, yangi -yangi izlanishlarni amalga oshirishda yaqindan ko‘makdosh bo‘lib kelmoqda. 
Bugun sizga so‘zlab bermoqchi bo‘lgan  aqlli qurilma AESlarning energiya qurilmasini sovutish basseyni devorlaridan suv oqqan taqdirda uni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan.
Ushbu robot VVER-1200 energobloklaridagi basseynlari devorlarini hamda tubining ust qoplamasini diagnostika qilish va ta’mirlash imkoniyatiga ega, agar zarur bo‘lsa payvandlash ishlarini ham joyida amalga oshirishi mumkin.
Robot to‘laqonli faoliyat olib borishi uchun basseyndan suvni to‘kib bo‘shatish yoki bo‘lmasa yoqilg‘i bilan to‘ldirishning hojati yo‘q, u suv ichida ham bemalol ishlash imkoniyatiga ega.
Leningrad AES ida ish boshlagan aqlli qurilma