Aziz do'stlar, sizni xalqaro atom viktorinasida ishtirok etishga taklif qilamiz

Aziz do'stlar, sizni xalqaro atom viktorinasida ishtirok etishga taklif qilamiz

09 noyabr 2020 / 17:06 587
Aziz do'stlar, sizni xalqaro atom viktorinasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Toshkentdagi atom texnologiyalari axborot markazi (ATAM) O‘zbekistondagi barcha maktablar o‘quvchilari va talabalarini Global Atomic Quiz xalqaro onlayn viktorinasida ishtirok etishga taklif etadi. Viktorina 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va 24 soat davomida (11 noyabrgacha) ishtirokchilar uchun ochiq bo‘ladi.

Global Atomic Quiz - bu - "Rosatom"ning xalqaro ta'lim loyihasi bo‘lib, u jahon ilm-fan kuni hamda Rossiya yadro sanoatining 75 yilligiga bag‘ishlangan. Loyihani o’tkazishdan maqsad - yadro texnologiyalarining kundalik hayotdagi ahamiyati haqida gapirib, bizning sayyoramizni asrab-avaylashda yadro energetikasining tutgan o’rni to’g’risida viktorina ishtirokchilariga to’liq ma’lumot berish.

Viktorina har bir insonga o‘z bilimini sinab ko‘rishi bilan birgalikda tinch atom haqida yangi narsalarni o‘rganish imkonini beradi.

Viktorinada ishtirok etish uchun: http://quiz.myfuture.energy/uz havolasiga o‘tish lozim. Ishtirokchilarga turli murakkablik va mavzulardagi 25 ta savol beriladi. Savollar "Ochiq laboratoriya" o‘quv-ma'rifiy loyiha mualliflari bilan hamkorlikda tuzilgan. Viktorina 11 ta tilda, jumladan, o‘zbek tilida ham taqdim etiladi.

Viktorina yanada qiziqarli bo’lishi uchun savollar yakunida mutaxassislar, olimlar va ilm-fan ahli to’g’ri javoblarni batafsil tahlil qiladilar va javoblar nima uchun to‘g‘ri ekanligini ko’pchilikka ayon bo’lmagan ilmiy faktlar bilan tushuntiradilar. O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun "O‘zatom" agentligining atom energiyasi va yadro texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Qosim To‘xtaxunov sharhlab boradi.

Natijalar viktorina tugaganidan so‘ng darhol e'lon qilinadi. Ishtirokchilar tadbirdan so’ng ishtiroklarini tasdiqlovchi raqamli sertifikatga ega bo‘ladilar. Ushbu sertifikatlarni yuklab olish, chop etish hamda sertifikat bilan ijyimoiy tarmoqlarda bo’lishish imkoniyati mavjud.

Sizlarni 10 noyabr kuni quiz.myfuture.energy✅ saytida kutamiz.

Atom haqida o‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring!

Jahon ilm-fan kunini birgalikda nishonlaylik!