Аbdukamilov Sh.Sh. "MMFI" MTYaUning Toshkent shahridagi filialining ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

14 sentabr 2021 / 11:43 57
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 sentyabrdagi farmoyishiga binoan Аbdukamilov Shavkat Shuxratovich "MMFI" Milliy Tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialining ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu kungacha Аbdukamilov Sh.Sh. "Oʼzatom" agentligining "Ilm-fan, innovatsiya va kadrlarni tayyorlash" Boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Аbdukamilov Sh. Sh. texnika fanlari nomzodi. 

Eslatib oʼtamiz: MMFI MTYaU Toshkent shahridagi filiali oʼz faoliyatini 2019 yilning 3 sentyabr kuni boshlagan boʼlib, bugungi kunda filialda bakalavrlar kunduzgi taʼlim dasturi asosida “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi” va “Elektr energetikasi va elektrotexnika” taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha tahsil berilmoqda.