"Oʼzatom" agentligi magistraturada tahsil olish uchun Grant eʼlon qiladi.

17 avgust 2021 / 13:23 91
Barcha talabalar diqqatiga!

Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Аtom energetikasini rivojlantirish agentligi ("Oʼzatom" agentligi) KERСO kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan hamkorlik doirasida Xalqaro Аtom energetikasi oliy maktabida (KINGS) 2022-2024 oʼquv yillari davomida magistraturada tahsil olish uchun Grant eʼlon qiladi. 

Oʼqishni tugatgan magistrlar "Oʼzatom" agentligi, hamda Respublika hududida qurilajak АESda oʼz ish faoliyatlarini davom ettirish imkoniga ega boʼladilar. 

Nomzod TOEFL yoki IELTS xalqaro sertifikatlardan biriga ega boʼlishi shart! Hujjatlar 2021 yilning 1 oktyabridan to 30 noyabriga qadar qabul qilinadi. 

Аgar ushbu dastur boʼyicha batafsil maʼlumot, shuningdek, u yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida bilishni istasangiz quyida keltirilgan telefon raqamlariga qoʼngʼiroq qiling:
Murojaat uchun: (+998) 71 202 09 14, (+998) 97 428 25 04 

Qoʼshimcha maʼlumot uchun havolaga bosing:
https://kings.ac.kr/home.do