"Atom sinovi#5"

"Atom sinovi#5"

28 aprel 2021 / 19:01 140
Navbatdagi atom sinovi#5 onlayn viktorinasida ishtirok etishga taklif qilamiz                                                                                                                             

Vaqtingizni unumli o'tkazishni istaysizmi? Viktorinada bilimingizni tekshiring va sovg'ani qo'lga kiriting. "Atom sinovi#5" onlayn viktorinasi aynan siz uchun!  Atom texnologiyalari axborot markazi (ATAM) barcha maktab o‘quvchilari va talabalarni navbatdagi viktorinada ishtirok etishga taklif etadi. Viktorina 1- may kuni, soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi. 

Viktorinada ishtirokchilarga aniq fanlar yo'nalishida turli murakkablikdagi 15 ta savol beriladi. Gʼoliblar 2 ta talab boʼyicha aniqlanadi:
-✅toʼgʼri javoblar soni;
-⌛️tezlik.

Аgar ishtirokchilarning yiqqan ballari teng boʼlsa, oxirgi savolga birinchi javob bergan ishtirokchi gʼolib deb topiladi. Ishtirokchilar reytingi avtomat tarzda belgilanadi. Natijalar viktorina tugashi bilan eʼlon qilinadi.
Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring, "Аtom sinovi#5" viktorinasiga ishtirok etish uchun havola bilan yaqin kunlarda boʼlishamiz.