Oʼqishga kirish uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda

18 fevral 2021 / 15:00 709
Hurmatli abiturientlar!
Shuni maʼlum qilamizki, https://education-in-russia.com/ veb-sahifasida Rossiya oliy taʼlim muassasalariga, jumladan “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetiga oʼqishga kirish uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda.
                                       

Аjratilgan kvotaga muvofiq bu yil MMFI MTYaUning magistraturasiga 5 ta joy ajratilgan. MMFI MTYaU magistraturasiga oʼqishga kirgan abiturientlar grant asosida taʼlim olish va oʼqish davrida ularni moddiy qoʼllab-quvvatlashni (aviachiptalar, tibbiy sugʼurta, blok tipidagi yotoqxonada yashash harajatlarini qoplash hamda har oylik moddiy qoʼllab quvvatlash mablagʼlari bilan taʼminlash) va Oʼzbekiston Respublikasining atom tarmogʼida kamida besh yil ish bilan taʼminlanishini nazarda tutuvchi “Oʼzatom” agentligi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini qoʼlga kiritadilar.

MMFI MTYaU atom sohasi va iqtisodiyotning boshqa yuqori texnologik sohalari uchun mutaxassislarni tayyorlaydi. Shuningdek, MMFI MTYaU dasturchilar va axborot xavfsizligi mutaxassislarini tayyorlash boʼyicha yetakchilik qiladi. Universitet bir qator yuqori texnologik qurilmalarga, jumladan tadqiqot yadro reaktoriga ega. MMFI MTYaU QS World University Ranking xalqaro reytingida 329-oʼrinni, Rossiyaning Top-100 OTMlari reytingida 3-oʼrinni egallaydi.

"Oʼzatom" agentligi axborot xizmati.