Magistratura yo'nalishida oʼqishlar mart oyida boshlanadi
Аtom energetikasini rivojlantirish boʼyicha xalqaro tajriba hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi tavsiyalarini hisobga olgan holda atom energiyasidan foydalanish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash milliy yadroviy infratuzilmaning gʼoyat muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi “2019 - 2029 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi hamda 2019 yil 16 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” gi qarorlari ijrosini taʼminlash “Oʼzatom” agentligi uchun ustuvor vazifa etib belgilangan. Аgentlik tomonidan ushbu yoʼnalishlarda qator salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Аtom energetikasini rivojlantirish agentligi hamda Koreya Respublikasining KERSO kompaniyasi bilan hamkorlik dasturi doirasida KERSO Xalqaro Аtom energetikasi oliy maktabining (KINGS) 2021-2023 oʼquv yillari magistraturasi uchun Grant eʼlon qilingan edi.
Ushbu hamkorlik doirasida atom energetikasi yoʼnalishi boʼyicha kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish borasida KINGS Universiteti tomonidan 2 yillik Magistraturaga atom elektrostantsiyasi muhandisligi va energetika siyosati va injiniring yoʼnalishlari boʼyicha “Oʼzatom” agentligining 3 nafar xodimlariga oʼqish uchun yoʼllanma berildi.
Talabalar oʼqishni mart oyining boshidan boshlaydi. Ularga omadlar tilab qolamiz.
"Oʼzatom" agentligi axborot xizmati.