"Atom sinovi #4" onlayn viktorinasi.
28 yanvar 2021 / 14:00
650
Do'stlar, navbatdagi "Аtom sinovi #4" onlayn viktorinasini o'tkazish vaqti keldi!Atom texnologiyalari axborot markazi (ATAM) sizni kelayotgan shanba kuni, 30 yanvar soat 16:00da bo'lib o'tadigan onlayn viktorinasiga taklif etadi. Viktorinada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga bosing:
https://myquiz.ru/i/165441 va ❗️albatta ro'yxatdan o'ting.
Viktorina ishtirokchilaridan atrof-muhitda sodir bo'ladigan voqea va hodisalarni fizika qonunlariga tayangan holda tahlil qilish talab qilinadi.
G'oliblar 2 ta talab bo'yicha aniqlanadi:
-✅to'g'ri javoblar soni;
-⌛️tezlik.
Agar ishtirokchilar yiqqan ballari teng bo'lsa, oxirgi savolga birinchi javob bergan ishtirokchi g'olib deb topiladi.Ishtirokchilar reytingi avtomat tarzda belgilanadi. Natijalar viktorina tugashi bilan e'lon qilinadi.
Ishtirok eting, bu postni do'stlaringiz bilan bo'lishing va albatta g'olib bo'ling!