Zanjirli bo’linish reaksiyasi.

Zanjirli bo’linish reaksiyasi.

05 yanvar 2021 / 15:44 1121
Sekin neytron bilan uran-235 yadrosining o’zaro ta’siri natijasida- yadroviy bo’linish hodisasi ro’y beradi. Bunday bo’linish tufayli juda katta energiya vujudga keladi. Uran yadrosi 2 ta radioaktiv bo’lgan elementlarga ajralganidan so’ng, ma’lum muddat o’tgach radioaktiv elementlar o’zidan yengil zarralar(neytronlar, antineytrino, gamma-kvantlar)ni nurlantirib, boshqa elementlarga aylanadi. Bu hodisa natijasida yuqori tezlikka ega bo’lgan neytronlar o’z navbatida boshqa uran yadrolari bilan ta’sirlashadi. Keyin esa hodisa qanday tus olishi haqida anglab yetgan bo’lsangiz kerak. Albatta, yuqorida keltirilgan jarayon takrorlanadi! Aynan mana shu hodisa – zanjirli bo’linish reaksiyasi deyiladi.
 
-Ortiqcha neytronlarni yutish qobiliyatiga ega bo’lgan jism tufayli bunday bo’linishni boshqarish imkoniga ega bo’lamiz. 
-Boshqariladigan zanjirli bo’linish reaksiyasi atom elektr stansiyalarining yadro reaktorlarida amalga oshiriladi.