Kaliy-40?
05 yanvar 2021 / 15:30
798
Tabiiy elementlar qatorida radioaktiv elementlar ham mavjud. Masalan, Kaliy-40. Bu element kimyoviy xossalari bo'yicha radioaktiv bo'lmagan kaliy (Kaliy-39) - biogen element bilan mutlaqo bir xil kimyoviy xossaga ega. Aynan mana shu element bizning tanamizda ham mavjud! Voyaga yetgan kishining tanasida taxminan 170 g kaliydan, 20 mg radioaktiv (kaliy-40) mavjud. Aynan shu radionuklid tufayli inson tanasida har daqiqada 300 mingga yaqin radioaktiv parchalanish sodir bo'ladi (tanamizda boshqa radionuklidlar miqdori juda oz)! Ma'lumоtlarga qaraganda, erkaklarning organizmi ayollarnikiga nisbatan ko'proq nurlanishga moyil! Chunki, kaliy mushak to'qimalarida samaraliroq rivojlanadi. Shu tufayli, erkaklar tabiiy nurlanishga ko'proq uchraydilar. Inson organizmida qancha kaliy miqdori ortsa, uning nurlanishi shuncha yuqori bo'ladi. Ammo, bu inson organizmiga xavf solishi mumkin bo'lgan nurlanish ko'rsatkichidan ancha past. Radioaktiv (Kaliy - 40) va radioaktiv bo'lmagan kaliy (39) inson tanasidan osongina chiqib ketadi. Inson tanasi kaliy bilan birga tabiiy nurlanishni ham muvozanatda ushlab turish qobiliyatiga ega. Bananning qancha miqdorda iste'mol qilinganida inson hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin?
Ilmiy tadqiqotlarga ko'ra, aytish mumkinki: bitta banan tarkibida kam miqdorda radioaktiv element mavjud (taxminan 0,1 mZv).Agar inson bir yeyishda kamida 250 ming ta (!) banan iste'mol qilisa, undan olinadigan nurlanish inson organizmiga zarar yetkazishi mumkin. Banan haqidgi afsonalarga chek qo'ydik degan umiddamiz.