Radioaktivlik
05 yanvar 2021 / 15:02
1701
Radioaktivlik nima? Ko'pchilik radioaktivlikni insonning atrof-muhitga ta'siri tufayli kelib chiqqan hodisa deb o’ylaydi. Aslida bu fikr mutloqo xato! Radioaktivlik - materiyaga xos bo'lgan tabiiy hodisa bo’lib, olam paydo bo'lgan davrdan mavjuddir. Barchaga ma'lumki, tabiatda turli xil elementlar bor: vodoroddan tortib urangacha. Olimlar shartli ravishda ularni yengil va og'ir elementlarga ajratgan. Yengil elementlar barqarorroq, og'irlari esa beqaror hisoblanadi.Radiatsiya nafaqat kosmosdan, balki yerdan ham keladi. Yerdagi manbalardan chiqadigan nurlanish kosmosdan keladigan nurlanishga qaraganda ancha yuqori.
Yer qobig’idan ajraladigan Radon (222Rn) barcha tabiiy nurlanish manbalaridan olgan nurlanish dozasining taxminan 55 foizini tashkil etadi. Radonli hammomlarning afzalliklari haqida eshitgansiz den o'ylaymiz. Ushbu jarayondan so'ng kapillyarlarning torayishi, ma’lum muddat o’tganidan so’ng esa ularning kengayishi kuzatiladi. Bu esa pulsni tekislash va qon bosimini barqarorlashtirishga yordam beradi. Radonli hammomlar artrit va teri kasalliklarini davolashda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.