Suv – hayot manbai.

05 yanvar 2021 / 15:00 24674
Suv inson organizmi uchun foydali bo'lmagan ko'p turdagi elementlarni ham o'z ichiga oladi. Suvda xlor va nitratlardan tashqari, ma'lum miqdorda matall tuzlar ham mavjud. Suvdagi zararli mikroblarni yo'q qilish maqsadida suv qaynatiladi. Bunda suv bug'lanib, ma'lum miqdorga kamayadi, ammo zararli moddalar haqida bunday deya olmaymiz. Aksincha, bu jarayonda suvdagi zararli elementlar miqdori oshib, uning qattiqlik va to'yinganlik ko'rsatkichi ham ko'tariladi. Uning ta'mi o'zgaradi. 

Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: qayta qaynatilgan suvda xlor, tuz va boshqa moddalarning boshlang'ich miqdori oshishi tufayli inson organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Suv haqiqatan ham foydali bo'lishi uchun uni faqat bir marta qaynatish kerak. Bir necha  marta qaynatilgan suvga toza suvni qo'shmaslik lozim.