Birinchi AES

05 yanvar 2021 / 12:45 2904
Birinchi atom еlektr stansiyasi Kaluga viloyatining Obninsk shahrida 27 iyun 1954-yilda ishga tushirilgan bo'lib, mazkur obyektda atom elektr stansiyalarini mukammallashtirish uchun zarur bo'lgan turli tadqiqotlar o'tkazilgan. Dunyodagi birinchi atom stansiyasi 48 yil ishladi. 29 aprel 2002 yil 11:31da uning reaktori o'chirildi. Hozirda stansiya bazasida Atom energetikasi muzeyi yaratilgan.