Saraton va metastazlarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
04 yanvar 2022 / 11:40
418
Sibirlik olimlar jamoasi va Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo`limi Krasnoyarsk ilmiy markazi mutaxassislari hamda Ottava universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda zarur bo`lgan radiofarmpreparat yaratdilar.Kompyuter tomografiyasi yordamida organizmni tekshirganda, yangi preparat o`lchami ikki millimetrdan kichik va undan yuqori bo`lgan saraton hujayralari, hamda metastazlarning kichik bo`lib to`planib qolgan qismlarini ko`rishga imkon beradi, shuningdek, yolg`on - ijobiy natijalarni bermaydi. Uni tayyorlashda olimlar ma`lum bir hujayralar bilan bog`lanishi mumkin bo`lgan molekulalar - aptamerlardan foydalanganlar. Bunda uglerod izotopi tez parchalanishi va molekulalarning kimyoviy xossalariga ta`sir ko`rsatmasligi bois, u saraton va metastazlarni aniqlovchi belgi sifatida ishlatiladi. Bu esa onkologik kasalliklarga to`g`ri va to`liq tashxis qo`yish, hamda ularning qayta tiklanish jarayonlarini muntazam kuzatib borish aniqligini sezilarli darajada oshiradi. Yangi yaratilgan preparat aptamer asosida tayyorlangani bois xavfsiz va u bir soat ichida tanadan butunlay chiqarib yuboriladi.
O`tkazilgan tadqiqot natijalari Molecular Therapy - Nucleic Acids jurnalida chop etilgan.
Batafsil ma`lumot uchun https://rg.ru/2021/12/17/reg-sibfo/uchenye-sozdali-preparat-dlia-nadezhnoj-i-bezopasnoj-diagnostiki-... havolaga o`ting