VVER reaktorlari uchun yadroviy remiks - yonilg`i
23 dekabr 2021 / 11:31
488
VVER-1000 reaktori uchun uran-plutoniy REMIKS yonilg`isining birinchi partiyasi Rosatomning "TVEL" yonilg`i kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarildi va sinovdan o`tkazildi.Ushbu remiks- yonilg`i partiyasi VVER-1000 reaktorida tajriba-sanoat faoliyatining to`liq davridan o`tishi kerak.
REMIKS- yonilg`i - (REMIKS -qayta tiklangan aralashma) - atom energetikasining asosini tashkil etuvchi yengil suvli issiqlik reaktorlari uchun mo`ljallangan Rossiyaning zamonaviy ixtirosidir.
Uning tarkibi boyitilgan uran qo`shilgan holda, ishlatilgan yadro yonilg`isini qayta ishlash jarayonida hosil bo`ladigan qayta tiklangan uran va plutoniy aralashmasidan tayyorlanadi.
Oltita issiqlik ajratuvchi to`plamlarning har biri an`anaviy usullar orqali boyitilgan uran o`rniga, uran-plutoniy yonilg`i tabletkalarini o`z ichiga oladigan, umumiy issiqlik ajratuvchi elementlardan iborat.
Kelajakda REMIKS- yonilg`isi reaktor dizaynini o`zgartirmasdan va qo`shimcha xavfsizlik choralarisiz joriy etilishi ko`zda tutilmoqda.
Bunday yonilg`idan foydalanish yadro yonilg`isi davrini yopish orqali atom energetikasining xomashyo bazasini kengaytirish, shuningdek, nurlangan yonilg`ini saqlash o`rniga qayta ishlatish imkonini beradi.
REMIKS- yonilg`isini uzoq muddatga joriy etishning strategik maqsadi, issiqlik neytronlarida ishlaydigan reaktorlarda ishlatilgan yadro yonilg`isini qayta ishlashdan keyin olingan uran va plutoniydan ko`p martalab qayta foydalanish.